O‘zbekistonlik paraatlet Safiya Burxanova Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokiodagi oltin va Riodagi kumushdan keyin uchinchi Paralimpiya medali bo‘ldi. O‘zbekiston 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Paralimpiya o‘yinlarining uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Nurxon Qurbonova esa yadro uloqtirishda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 7.75 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini oldi. O‘zbekiston medallar jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Kubaro Hakimova para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal oldi. U yadroni 10,36 metrga uloqtirib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting